9-Sentabr, 2020-yil 268

Oliy maʼlumotsiz qanday qilib IT mutaxassis boʻlish mumkin?

                                                                                                                                             


Albatta, IT Park bu borada xizmatingizga muntazir. Uning yordamida siz xoh poytaxtda, xoh Oʻzbekistonning boshqa hududlari boʻylab sifatli hamda hamyonbop taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.


Ayni paytda IT Park yurtimizning turli hududlarida faoliyat yurituvchi 30 ta IT-Markazlari hamda IT-Akademiyasini (Toshkent shahri) yoʻlga qoʻygan.

IT-Akademiyada siz quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tahsil olishingiz mumkin:

1. Frontend — veb-dasturlash kurslari (HTML, CSS, Javascript);

2. Maʼlumotlar tahlili — maʼlumotlar tahlili boʻyicha boshlangʻich kurs (Python asoslari, statistikalar, Pandas);

3. Backend - veb-dasturlash kurslari (HTML, CSS, Python, SQL, Django).

Mazkur kurslar orqali siz ortiqcha, oldi-qochdi maʼlumotlardan holi eng muhim va kerakli bilimlarni olish bilan qimmatli vaqtingizni ham tejab qolasiz. Qisqa vaqt ichida IT sohasida daromad qila oladigan darajada yetarli bilimga ega boʻlasiz!

IT-Akademiya bilan bogʻlanish uchun: +998 99 8550498 (Dilmurod Nasibullaev)

IT-Markazlarida esa quyidagi kurslar boʻyicha tahsil olishingiz mumkin:

Kompyuter savodxonligi;

Chuqurlashtirilgan MS Office;

Veb-dasturlash tillari;

Boshlangʻich grafika va dizayn;

Mobil ilovalar yaratish;

Python dasturlash tili;

Arduino va Lego asosida mobil robototexnika;

CS:GO, Dota 2 va FIFA20ʼga asoslangan kibersport darslari;

Shuning barobarida, IT-Markazlarda soha mutaxassislari sizga oddiy va sodda tilda ITʼning u yoki bu boʻlimiga doir bilim yoki qiziqarli maʼlumot, hamda mavzularni bepul video-darslar orqali berib borishadi. Video-darslar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha olib boriladi:

Kompyuter grafikasi;

Veb va kompyuter dasturlash;

Ofis dasturlarini oʻrganish;

Multifilm va oʻyinlar yaratish;

Robototexnika;

MS Word;

SCRATCH;

HTML/CSS;

Va boshqalar.

IT-Markazlar veb-sayti: itcenter.uz

IT-Markazlar bilan bogʻlanish uchun: +998 90 1780003 (Sherzod Abdurahmonov)

Bundan tashqari, IT Park “One Million Uzbek Coders“ loyihasini yoʻlga qoʻygan boʻlib, uning bosh maqsadi, dasturlash boʻyicha Respublika aholisiga taʼlim berishdir. Hoziroq sen mazkur maqolani oʻqishni biroz keyinga qoldirib uzbekcoders.uz. saytiga kirishing mumkin. U yerda sen platformaning barcha qulayliklari bilan tanishish hamda tahsil olishni boshlashing mumkin boʻladi. Darslar video koʻrinishda boʻlib, bu senga uni saqlab olish va qayta koʻrish imkonini beradi. 

Loyiha dunyo bozorida talabgor boʻlgan 4 ta mutaxassislikni qamrab olgan: Maʼlumotlar tahlili, Android-dasturlash, FrontEnd-dasturlash va FullStack-dasturlash. Har bir bosqich yakunida platformada tahsil oluvchi talabalar laboratoriya ishini topshiradilar va shundan soʻng ularga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar grant yutib olish va Udacity (Microsoft) platformasiga tegishli Nanodegreeʼning 100 dan ortiq loyihalarining birida tahdilni davom etttirish maqsadida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishlari mumkin. Buning uchun nomzod yakuniy imtihonni aʼlo darajada topshirib 150 ta eng yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar safiga kirishi lozim boʻladi. Nanodegree diplomlari Google, AT&T, Autodesk, Salesforce va boshqa koʻplab IT-gigantlari tomonidan tan olingan.

Bugungi kunga kelib Oʻzbekiston boʻylab 60 000 dan ortiq kishi uzbekcoders.uz platformasida tahsil olmoqda, ularning 5 000 tasi loyiha bitiruvchisiga aylanib sertifikatni qoʻlga kiritishdi. Xoʻsh, senga buning uchun nima toʻsqinlik qilmoqda?

Platforma havolasi: uzbekcoders.uz

IT Park — bu seni IT oroliga xavf-xatarsiz olib boruvchi qutqaruv qayigʻi, uning yordamida sen IT sohasida oʻz obroʻ-eʼtibor va oʻrningga, hamda moʻmaygina daromad manbayiga ega boʻlsa. Tavakkal qilishdan qoʻrqma, biz bilan barcha toʻsiqlarni yengib oʻtasan!

IT Park veb-sayti: https://it-park.uz/
IT Park telegram kanali: 
https://t.me/itpark_uz
Qoʻshimcha savollar uchun: +998 71 209 11 99

 

Касимов Дилмурод Султанмуратович

Вакил (Бизнес-омбусман)

Ҳар қандай давлатнинг иқтисодиётини ривожлантириш учун хусусий мулк эгалиги, тадбиркорлик ва хусусий секторнинг ривожланиши шарт.